Abbey DLD Group of Colleges 1931-yilda asos solingan, London, Kembrij va Manchesterda filiallariga ega nufuzli xususiy maktablar tarmog‘idir. Maktabning ustuvor yo'nalishi o'quvchilarning akademik muvaffaqiyatidir. Maktab mamlakatdagi 4500 dan ortiq maktablar orasida talabalarning bitiruv ko‘rsatkichlari bo‘yicha Buyuk Britaniyada 7-o‘rinda turadi (gov.uk statistikasi). Buning sharofati bilan har yili ushbu maktabning yuzlab bitiruvchilari dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga kirishadi.
Londonning Abbey DLD filiali videosharhi
Ushbu videoda kompaniyamizning Londondagi vakili sizga maktabda yaratilgan barcha sharoitlarni batafsil ko‘rsatib beradi. Videoni oxirigacha ko‘rishni unutmang.
O'quv dasturlari
Maktab sizning farzandingizning ehtiyojlari, ingliz tili darajasi va yoshiga qarab turli xil o‘quv dasturlarini taklif etadi.
9-sinf analogi. (13 yosh). Bu dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilg‘or dasturlarda o‘qishga tayyor bo‘lmaganlar uchun ideal. U bolalarga Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga asta-sekin moslashishga yordam beradi. Ushbu bosqichni tugatgandan so‘ng, o‘quvchilar GCSE dasturiga o‘tishadi.
10-11-sinf analogi (14-16 yosh). Bu dastur Buyuk Britaniyaning barcha rezidentlari uchun majburiy hisoblanadi. Aynan shu bosqichda o‘quvchilar birinchi marta o‘zlarining qiziqishlariga qarab fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu bosqichni tugatgandan so‘ng, o‘quvchilar A-Level yoki Foundation dasturlariga o‘tishadi.
Ilg'or daraja (advanced), 12-13-sinflarning analogi (16-20 yosh). Ushbu dastur majburiy emas, ammo eng yaxshi universitetlarga kirish uchun zarurdir. A-Level sertifikatisiz Oksford yoki Kembrij kabi universitetlarga kirish deyarli imkonsiz. Bu bosqichda o‘quvchilar tanlagan mutaxassislikni chuqur o‘rganadilar. Dastur tugagandan so‘ng, talabalar universitetning bakalavriat yo‘nalishining 1-kursiga qabul qilinadi.
Bu dastur A-Level juda murakkab deb hisoblaydiganlar va universitetga kirishning muqobil yo‘lini qidirayotganlar uchun mos keladi. Bu yerda talabalar mutaxassislikni tanlab, uning asosiy fanlarini o‘rganishadi. Dastur tugagandan so‘ng, talabalar universitetning bakalavriat yo‘nalishining 1-kursiga o‘tishadi.
Ushbu dastur faqatgina Manchester filialida mavjud. Bu dasturda o‘quvchilar akademik dasturlarni (A-Level yoki GCSE) professional sport tayyorgarligi bilan birlashtiradi. Bu dastur professional sportchi bo‘lishni maqsad qilganlar uchun juda mos keladi. Futbol, basketbol, tennis va velosport yo‘nalishlari mavjud. Dastur oddiy (haftasiga 3 marta) va intensiv (haftasiga 5 marta) tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturda tahsil olgan ba’zi talabalarimiz professional futbol klublariga qabul qilingan.
Academic Preparation Program — bu o‘qishga kirish talablariga javob bermaydigan yoki o‘quv yilining o‘rtasida darslarga qo‘shilishni istaganlar uchun mo‘ljallangan tayyorgarlik kursi.
O'qishga kirish uchun nimalar kerak
O'qishga kirish uchun nimalar kerak
Konsultatsiya uchun mutaxassis bilan bog'lanish
Bepul konsultatsiyaga yozilish uchun ariza qoldiring yoki bizga qoʻngʻiroq qiling. Ofisimizda maktab taʼlimi boʻyicha mutaxassisimiz sizga batafsil maʼlumot beradi, mos dasturni tanlashga yordam beradi va narxlar bilan tanishtiradi.
Hujjatlarni topshirish
O‘qishga kirish jarayonini boshlash uchun siz farzandingizning xorijiy pasporti, maktabdan ma’lumotnoma va agar mavjud bo‘lsa, 9-sinf attestatini taqdim etishingiz kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatlar asosida biz sizga maktabdan dastlabki taklifnomani beramiz va farzandingiz uchun joy band qilamiz.
Ingliz tili bilimini tasdiqlash
Farzandingiz bizning ofisimizda ingliz tilidan imtihon topshirishi yoki IELTS sertifikatini taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Maktab direktori bilan suhbat
Tanlangan filial direktori farzandingiz bilan suhbat oʻtkazadi va u xohlagan dasturda oʻqiy olish yoki olmasligini aniqlaydi. Agar bilimi yetarli boʻlmasa, tayyorgarlik dasturi taklif etiladi.
O'qish uchun to'lov
Maktabga qabul qilingandan so‘ng, ota-onalar o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Maktab bir yillik o‘qish, turar joy va ovqatlanish uchun bitta umumiy hisob-fakturani taqdim etadi. Ushbu summani siz to‘liq yoki har olti oyda 2 qismga bo‘lib to‘lashingiz mumkin.
To‘lovdan so‘ng, mutaxassislarimiz viza rasmiylashtirishadi va farzandingiz Buyuk Britaniyaga yetib borib, o‘qishni boshlashi mumkin bo‘ladi. Biz, shuningdek, farzandingizni aeroportda kutib olish, maktabga yetkazish va joylashtirish ishlarini ham tashkillashtiramiz.
2023-yilda Abbey DLD bitiruvchilari quyidagi universitetlarga qabul qilingan:
Ushbu universitet Buyuk Britaniyada 1-o‘rinni, dunyoda esa 95-o‘rinni egallaydi.
3-o‘rin Buyuk Britaniyada, 2-o‘rin dunyoda.
Buyuk Britaniyada 4-o‘rin, dunyoda 45-o‘rin.
Buyuk Britaniyada 5-o‘rin, dunyoda 6-o‘rin.
Buyuk Britaniyada 6-o‘rin, dunyoda 9-o‘rin.
Buyuk Britaniyada 7-o‘rin, dunyoda 78-o‘rin.
Buyuk Britaniyada 8-o‘rin, dunyoda 148-o‘rin.
Buyuk Britaniyada 9-o‘rin, dunyoda 67-o‘rin.
Buyuk Britaniyada 10-o‘rin, dunyoda 76-o‘rin.
Buyuk Britaniyada 11-o‘rin, dunyoda 22-o‘rin.
*Buyuk Britaniyadagi roʻyxatga olingan universitetlar reytingi Guardian University Guide 2024, butun dunyo boʻylab QS World University Rankings 2024 asosida tuzilgan.
Batafsil maʼlumot olishni istaysizmi?
Mutaxassis bilan konsultatsiyaga yoziling! Maktab taʼlimi boʻyicha mutaxassisimiz sizga batafsil maʼlumot beradi, mos dasturni tanlashga yordam beradi va narxlar bilan tanishtiradi.
Tez-tez beriladigan savollar
O‘qishga kirish uchun ingliz tilini bilish darajasi qanday bo‘lishi kerak?
GCSE dasturiga kirish uchun IELTS 4.5 yoki uning ekvivalenti, A-Level dasturiga esa IELTS 5.5 yoki uning ekvivalenti talab qilinadi. IELTS faqat yo'nalish sifatida ishlatiladi, ammo o‘quvchi aynan shu imtihonni topshirishi shart emas, boshqa ko‘plab muqobil imkoniyatlar mavjud. Masalan, Abbey DLD maktabining o‘z ingliz tili imtihoni bor, uni bepul topshirish mumkin. Agar ingliz tili darajasi talab qilinganidan past bo‘lsa, maktab turli xil tayyorgarlik kurslarini taklif qiladi.
Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati qachon?
2024-yil sentabr oyida o‘qishni boshlashga ulgurish uchun hujjatlarni 15-aprelgacha topshirish kerak. Biroq, joylar tugab qolsa, qabul jarayoni muddatidan avval yakunlanishi mumkin. Shuning uchun hujjatlarni iloji boricha ertaroq topshirishni tavsiya etamiz. Joy band qilish uchun faqatgina xorijiy pasport va maktabdan akademik ma’lumotnoma taqdim etish kifoya.
Abbey DLD'da o‘qish qachon boshlanadi?
Standart dasturlar sentabr oyida boshlanadi. O‘quv yili 10 oy davom etadi — sentabrdan iyungacha. Yanvar oyida tayyorgarlik kurslarini yoki tezlashtirilgan 18 oylik GCSE va A-Level dasturlarini boshlash mumkin.
O‘quvchilar qayerda yashaydi?
Aksariyat o‘quvchilar maktab kampusidagi bir kishilik xonalarda yashaydi. Ularga shaxsiy hammomga ega bo‘lgan keng xonalar beriladi. Xohishga ko‘ra, 2 kishilik xonalar, shuningdek, oilaviy yashash imkoniyati ham mavjud. Standart xonalar (standard room) barcha qulayliklarga ega va sifati bo‘yicha 90% maktablardagidan ustun. Agar siz yuqori darajadagi qulaylikni istasangiz, Premium va Platinum turar joy variantlari ham bor.
Ta’tillar bormi? O‘quvchilar qancha vaqt dam olishadi?
O‘quv yili davomida o‘quvchilar kuzda bir hafta, qishda ikki hafta va bahorda bir hafta dam olishadi. Ushbu taʼtillar davomida ular maktabda qoʻshimcha toʻlovsiz qolishlari mumkin. Yozgi taʼtil 2 oy — iyul va avgust oylarida davom etadi. Bu oylarda oʻquvchilar uyga qaytishlari shart.
O‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan shug‘ullanishadi?
Maktab o‘quvchilarning kun tartibini o‘qishga ham, dam olishga ham yetarlicha vaqt ajratishlari uchun juda puxta tashkillashtiradi. Darslar odatda ertalabdan tushlikkacha davom etadi. Tushlikdan keyin o‘quvchilar turli qiziqishlarga qarab 100 dan ortiq klub va to‘garaklarda bepul qatnashishlari mumkin. Asosiy darslardan tashqari, o‘qituvchilar o‘z fanlarida sustroq o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar uchun individual mashg‘ulotlar ham o‘tkazishadi. Dam olish kunlari esa ko‘ngilochar dasturlar va ekskursiyalar tashkil etiladi. Maktab sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni faol ravishda targ‘ib qiladi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilarga har tomonlama shaxsiy rivojlanishlari uchun yetarli darajada erkinlik beradi.
Farzandimga Angliyada kim qaraydi?
Har 6-8 nafar o‘quvchiga ularning farovonligi (wellbeing) uchun masʼul bo‘lgan bitta tarbiyachi (houseparent) biriktiriladi. Bu kishi o‘quvchilarning xavfsizligi, sog‘lig‘i, yaxshi psixologik holati va zararli odatlardan uzoqda bo‘lishini nazorat qiladi. Ushbu tarbiyachidan tashqari, maktabning boshqa xodimlari ham darsdan tashqari paytlarda o‘quvchining ahvoli joyidami yoki yo‘qligini nazorat qilib borishadi. Xususan, filial direktorlari har bir o‘quvchi bilan shaxsan tanish va ularning shaxsiy vaziyatidan xabardor bo‘lishadi.
Angliyada farzandimni o‘qish vaqtida ziyorat qila olamanmi?
Ha, Touran Study Abroad viza bo‘yicha mutaxassislari sizga sayyohlik vizasini olishda yordam beradi, shuningdek, maktabda siz uchun qabul marosimini tashkil qiladi.
Savolimga javob topa olmadim, nima qilishim kerak?
Konsultatsiyaga yoziling, agar hali yozilmagan boʻlsangiz. Ofisimizda mutaxassislarimiz sizga batafsil maslahatlar beradi va barcha savollaringizga javob beradi. Shuningdek, 78 148 40 80 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz ham mumkin.