Aberdeen Universiteti bugungi kunda quyidagi sohalarda 406 dan ortiq bakalavriat va 150 dan ortiq magistratura dasturlarini taklif qiladi:
-
San’at va gumanitar fanlar
-
Biznes
-
Ijtimoiy fanlar
-
Huquqshunoslik
-
Muhandislik
-
Geofanlar
-
Tabiiy fanlar
-
Tibbiyot
Universitet Touran Study Abroad orqali o‘qishga kiruvchi talabalarga tibbiyot yo‘nalishida noyob imkoniyat — Bachelor of Medicine Bachelor of Surgery (MBChB) dasturida o‘qish imkonini beradi. Bu dastur 6 yil davom etadi va unga tayyorlov bosqichi – Foundation ham kiradi.
O‘quv dasturlarining to‘liq ro‘yxati bilan universitetning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin. Shuningdek, sizga Touran Study Abroad kompaniyasi mutaxassislari maslahat berib, aynan sizga mos yo‘nalishni tanlashda yordam berishadi.
Bakalavriat dasturlari odatda Foundation bosqichi bilan birga 4 yil, magistratura esa 12 oy davom etadi.
Agar siz hali ham aniq mutaxassislik tanlamagan bo‘lsangiz, siz uchun tayyorlov (Foundation) dasturlari mavjud. Ular sizni akademik yo‘nalishga tayyorlaydi va to‘g‘ri tanlov qilishga yordam beradi.
Aberdeen International Study Center — universitet tarkibidagi tayyorlov markazi bo‘lib, u adaptatsiyalashgan Foundation dasturlarini taklif qiladi. Ular orqali siz bakalavriat yo‘nalishlari orasidan bir nechtasini tanlash imkoniga ega bo‘lasiz. Mazkur markaz shuningdek, sizga til ko‘nikmalarini rivojlantirish va talabalik hayotiga moslashish borasida ham yordam beradi.
