Western Sydney University – Avstraliyada joylashgan, bir nechta kampuslarga ega davlat universiteti bo‘lib, Sidneyning Katta G‘arbiy hududida faoliyat yuritadi.
Bu dunyo miqyosidagi universitet bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ta’lim yo‘nalishlaridagi yutuqlari bilan tanilgan. Bugungi kunda universitetda 48 500 nafar talaba tahsil oladi, 1 700 nafar professor-o‘qituvchi va yana 1 700 nafar ma’muriy xodim ishlaydi.
Western Sydney University 1989-yil 1-yanvarda “G‘arbiy Sidney Universiteti to‘g‘risida”gi qonunga asosan tashkil etilgan. Bu qonun 1988-yil dekabr oyida Yangi Janubiy Uels shtati parlamenti tomonidan qabul qilingan. Biroq, universitetning ildizlari 1891-yilga borib taqaladi, o‘shanda Hawkesbury Qishloq xo‘jaligi kolleji tashkil etilgan edi. Dastlab universitet UWS Hawkesbury, UWS Nepean va UWS Macarthur nomli bir nechta oliy o‘quv yurtlari tarmog‘i sifatida tashkil etilgan. Bu federativ tizim yagona boshqaruv va diplom taqdim etgan holda, har bir institutning mustaqil faoliyat yuritishini nazarda tutgan. Har bir institut talabalarning qabuli va o‘qitilishi, ilmiy tadqiqotlar va kampus infratuzilmasiga alohida javobgar bo‘lgan.
1999-yildan boshlab universitetning yanada samarali faoliyat yuritishi uchun yangi tuzilma ishlab chiqildi. Natijada, 2001-yildan boshlab universitet federatsiya sifatida emas, balki yagona universitet sifatida faoliyat yuritishni boshladi. 2014-yilda esa Western Sydney University universitet maqomini olganining 25 yilligini nishonladi.
Universitet katta hajmi va zamonaviy, talabalar ehtiyojlariga mos kampuslari bilan ajralib turadi. Bugungi kunda uning quyidagi 9 ta kampusi mavjud:
-
Liverpool City Campus
-
Parramatta City Campus
-
Campbelltown
-
Bankstown
-
Parramatta South
-
Hawkesbury
-
Penrith
-
Lithgow
-
Sydney Olympic Park Campus
-
Nirimba
Har bir kampus muayyan o‘quv yo‘nalishiga ixtisoslashgan – ijtimoiy fanlar, muhandislik va texnologiyalar, tibbiyot va boshqalar. Bundan tashqari, bir o‘quv dasturining turli modullari turli kampuslarda o‘tilishi mumkin. Siz kampuslar haqida batafsil tanishib chiqishingiz va virtual tur orqali ularni ko‘rishingiz mumkin.
Western Sydney University turli reytinglarda Avstraliya universitetlari orasida 12-o‘rindan 24-o‘ringacha egallagan. Times Higher Education reytingiga ko‘ra, u dunyodagi eng yaxshi 400 ta universitet qatoriga kiradi.
